Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya terma jamoasi futbolkalari ikki karra arzonlashdi

Germaniya terma jamoasi futbolkalari ikki karra arzonlashdi

Foto: «Facebook»

Sobiq jahon chempionlarining futbolkalari endi ikki baravar arzonga sotilyapti. Sababi oddiy, Yoaxim Lyov boshchiligidagi nemis futbolchilari misqollab yiqqan obro‘sini Rossiyadagi jahon chempionatida botmonlab sochishdi.

«Rakurs» yozishicha, Bundestimning 2018-yilgi futbolkalari Germaniya terma jamoasining rasmiy do‘konida endi 49,95 yevroga sotilyapti. Atigi bir necha kun avval, Germaniya terma jamoasi koreyslarga ro‘baro‘ kelishiga qadar, ularning narxi 79,95 yevro edi.

Terma jamoaning Rossiyadan juda tez uyga qaytishi ana shu ulgurji savdoga sabab bo‘ldi.

Germaniya jahon chempionatlari tarixida birinchi marotaba guruhda eng oxirgi o‘rinda qolib ketdi. Oxirgi 66 yilda esa ilk marotaba kuchli sakkizlikdan chetda qoldi. Oxirgi besh jahon chempionati tarixida esa medallardan quruq qoldi: 2002-yildan beri Bundestim doim kuchli uchlikka kirib kelgan.

Haqiqiy inqiroz, shunday emasmi?!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring