Xorvatiya prezidenti Putinga futbolka sovg‘a qildi

Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putinga Xorvatiya terma jamoasi futbolkasini sovg‘a qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
Grabar-Kitarovich muzokaralardan avval futbolkani tuhfa etgan va bu «bugungi kecha uchun», deya qo‘shimcha qilgan.
Putin 9-raqamli futbolkani mamnuniyat bilan olgan. O‘z navbatida, Rossiya yetakchisi ham Xorvatiya prezidentiga gul sovg‘a qilgan.
Grabar-Kitarovich Xorvatiya terma jamoasining bugungi final uchrashuvida g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter