Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok O‘zbekistonga keldi
Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.
Aeroportda mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 1-2-noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Germaniya delegatsiyasi Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi yirik korxonalarga ham tashrif buyuradi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter