Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shryoder beshinchi marta uylanadi: kelin — koreys tarjimoni
Sevgi yosh tanlamaydi deyishadi, lekin baribir Gerxard Shryoderning bu ishi… U qirq sakkiz yoshli Kim So Yonni deb oilasini tashlab ketdi, kuzda to‘y qilishmoqchi. Kelin oq libos kiymoqchi, tantana esa restoranda o‘tadi. Emishki, ularning sevgisi vaqt imtihonidan o‘tibdi — ular baxtli hayot kechirishadi. Hozircha to‘yning aniq sanasi va joyi sir saqlanmoqda. Ularning biri Germaniyada, biri Janubiy Koreyada yashaydi — to‘y kelinning yurtida bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emas. Bu haqida «Kp.ru» xabar tarqatdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha nemis korporatsiyasida tarjimonlik qiluvchi Kim So Yon ish yuzasidan sobiq kansler ishtirok etgan uchrashuvlarda qatnashgan.
Yaqinda Shryoder koreys tilini o‘rganish va qaylig‘i bilan «odamlarday yashash» niyati borligini bildirgandi. U hozir to‘rtinchi xotini Doris Shryoder-Kopf bilan ajrashmoqda. Bu nikohdan ularning ikki nafar asrandi farzandi bor. Mintaqaviy Gannover landtagi (parlamenti) deputati Doris Shryoder-Kopfning o‘zi esa Quyi Saksoniya ichki ishlar vaziri Boris Pistorius bilan uchrashib yuribdi.
Albatta, sobiq rafiqa avvaliga qallig‘ining ishiga jim qarab turmadi, oilasi buzilishiga erining Kim So Yon bilan munosabatlari sabab bo‘lganini «Feysbuk»da yozgandi.
Shu o‘rinda eslatma, ayni paytda Gerxard Shryoder 73 yoshda bo‘lib, to‘rt marotaba uylangan bo‘lsa-da, uning o‘z farzandlari yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter