Germaniya Rossiyaning yirik «qora bozori»ni yopdi va $25 mln.ni musodara qildi
Rasmiy Berlin «darknet»dagi rus tilida faoliyat olib boruvchi «Hydra Market»ni yopdi va 25 million dollarlik bitkoin (BTK)ni musodara qildi.
Federal politsiya u yerda 17 million mijoz va 19 000 sotuvchi akkauntlarini aniqlagan. Bayonotga ko‘ra, «Hydra Market» dunyodagi noqonuniy bozorlar orasida eng yuqori savdo hajmiga ega edi. Tergov ma’lumotlarida «Hydra Market»ning 2020 yilda 1,35 milliard dollar daromad olgani qayd etilgan.
Tergov 2021 yil avgust oyida boshlangan va unda AQSh rasmiylari ham ishtirok etgan, deydi nemis politsiyasi o‘z bayonotida.
2015 yildan beri faoliyat yuritib kelgan «Hydra Market» dunyodagi eng yirik darknet bozorlaridan biri edi.
Ma’lumot o‘rnida, «Darknet» 70-yillarda xavfsizlik maqsadida ARPANET (hukumat tomonidan asos solingan, Internetga aylangan harbiy/akademik tarmoq)dan ajratilgan tarmoqlarni belgilash uchun yaratilgan. Hozirda unga faqat ma’lum dasturiy ta’minot, konfiguratsiyalar yoki avtorizatsiya bilan kirish mumkin. Bu orqali qora bozor, noquniy savdo kabi hakkerlik ishlari olib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter