Germaniya prezidenti Xorazmga yo‘l oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Oliy darajadagi tashrif dasturida ko‘zda tutilganidek, 29 may kuni Federal prezident Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Frank-Valter Shtaynmayer Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Xiva shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter