Germaniya prezidenti tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi
![Germaniya prezidenti tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_1182971804.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgani xabar berilgandi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/9/720__zhCkFp7r6pgQVqWlHNpu_pBqW_djk4TQ.jpg)
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, 28-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar shohsupaga ko‘tarildi. Davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/9/720__B-9Xmv6DotmEMnxrBfg2-8Shk5-qctzP.jpg)
Marosimda O‘zbekiston va Germaniya rasmiy delegatsiyalari a’zolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/9/720__dqIypSS6GLAz69rchKXUBfz7J00l9A-P.jpg)
![](https://static.xabar.uz/uploads/9/720__BWLPsHPxfQqjQRQSFyK7pUD3VndVSenv.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter