Germaniya prezidenti afrikaliklardan kechirim so‘radi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Tanzaniyaning Songea shahriga tashrifi chog‘ida XX asr boshidagi nemis mustamlakachiligi uchun kechirim so‘radi.
Germaniya rahbari tarixiy shaxs Songea Mbanoning avlodlari bilan uchrashuvda bu haqda gapirgan.
«Men nemis mustamlakachiligi qurbonlari oldida ta’zim qilaman. Bu yerda nemislar ota-bobolaringizga nisbatan qilgan ishlari uchun sizdan kechirim so‘rayman», — dedi Germaniya prezidenti.
Shtaynmayer 1906-yilda nemis mustamlakachi kuchlari Songea va uning 66 sheriklarini qatl qilgan Maji-Maji urushi voqealarini esladi.
«Men nemis mustamlakachi askarlarining sizning ajdodingiz, uning safdoshlari va hozirgi Tanzaniya hududidagi boshqa ko‘plab odamlarga nisbatan qilgan ishlaridan juda afsusdaman», deb qo‘shimcha qildi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter