Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatdi

Germaniya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatdi

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum vaqtga yopilmoqda. Elchixona bunga tashqi siyosatda yuzaga kelgan maxsus vaziyatni sabab qilib ko‘rsatgan.

Viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar bekor qilinadi. Yangi vizaga yozilish vaqtlari hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida keyin o‘z vaqtida xabar beriladi.

Hozirda Germaniya o‘z fuqarolari va afg‘on qochoqlarini Kobuldan O‘zbekiston orqali evakutsiya qilishni davom ettirmoqda.

So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi ta’minlangan. Eslatib o‘tish joizki, shaxsan kansler Angela Merkel evakuatsiya jarayonlaridagi ko‘mak uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring