Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga chaqirmoqda

Germaniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga chaqirmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning «Globogate Recruiting GmbH» tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

- 39 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

- kasalxonada bemorlarni davolagan va tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo‘lishi;

- tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan bo‘lishi;

- bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

- Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;

- nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;

- Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi;

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

- Toshkent shahrida bepul turur joy;

- o‘quv xonasi;

- oylik stipendiya.

Shuningdek, «Globogate Recruiting GmbH» quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

- nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;

- til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

- hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

- o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

-mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 yevrodan, nafaqa, sug‘urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 66, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring