Germaniya kanslerining maoshi nemislarga yoqmadi
Germaniyaning Bild gazetasi o‘quvchilari nemis siyosatchilarining maoshlari haqidagi maqola e’lon qilingach, hukumatga norozilik bildirishdi.
Gazetaga ko‘ra, Germaniya kansleri Olaf Shols eng ko‘p — 30 ming yevrodan ziyodroq maosh oladi, keyingi pog‘onadan vitse-kansler va iqtisod vaziri Robert Xabek, tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va moliya vaziri Kristian Lindner 25 ming yevrolik maosh bilan joy olishdi. Mudofaa vaziri Kristin Lambrext parlament a’zosi emasligi sababli 20 ming yevro bilan kifoyalangan.
Maqola e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab e’tirozli izohlar qoldirilgan.
Avvalroq Angela Merkel siyosatga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Nemislar hozirgi hukumatdan norozi, chunki mamlakatda inflyasiya misli ko‘rilmagan o‘sishni qayd etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter