Germaniya ishlatilmay qolgan COVID vaksinalaridan qutulish yo‘lini topdi
Germaniya hududlari federal hukumatga qariyb 2,3 million doza koronavirusga qarshi vaksinalarni qaytarib berishni rejalashtirmoqda. Ular eksportga yuboriladi. Bu haqda Welt tadqiqotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Nashrning yozishicha, vaksinaga bo‘lgan talab kamayganligi bois Germaniyaning 16 federal shtatidan 14 tasi kelgusi hafta boshida ishlatilmagan dori-darmonlarni qaytarib beradi.
Birinchi navbatda, ular AstraZeneca va Johnson&Johnson ishlab chiqaruvchilarining vaksinalaridan voz kechmoqchi. Ushbu dozalar COVID-19 vaksinalariga muhtoj bo‘lgan mamlakatlarga yuboriladi.
Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 45 milliondan ortiq odam to‘liq emlandi, bu aholining 54,4 foizini tashkil etadi.
Yakshanba kuni Sputnik radiosi xabar berishicha, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp COVID-19 ga qarshi amerikaliklarning vaksinalarini ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasi uchun o‘zini maqtagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter