Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya ichki ishlar vaziri: «Merkel bilan ortiq ishlab bo‘lmaydi»

Germaniya ichki ishlar vaziri: «Merkel bilan ortiq ishlab bo‘lmaydi»

Foto: taz.de

Germaniya ichki ishlar vaziri, «Xristian-sotsialistlar uyushmasi» raisi Horst Zeyehofer partiyadoshlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ortiq Germaniya kansleri Angela Merkel bilan hamkorlik qilib bo‘lmasligini aytgan. Bu haqda «Aif.ru» xabar qilmoqda.

«Men ortiq bu ayol bilan ishlay olmayman», – deya vazir ikki marta takrorlagan.

So‘nggi paytlarda Bundestagdagi ikkala partiya – XSS (Xristian-sotsialistlar uyushmasi) va XDS (Xristian-demokratlar uyushmasi) o‘rtasidagi nizo kuchayib borayapti. Bu ikkala partiya hukumat kaolitsiyasini tashkil qiladi.

Ikkala partiyaning qochoqlar siyosati to‘g‘risidagi qarashlari bir-biriga zid.

Zeyehofer mamlakatga qochoqlarni kiritmaslik tarafdori. Merkel esa unga qarshi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil sentyabr oyida Bundestagga o‘tkazilgan saylovdan so‘ng hukumatni shakllantirish imkoni bo‘lmagan edi.

Shundan so‘ng XDS, XSS va SDPG partiyalari Merkel to‘rtinchi marta Germaniya kansleri bo‘lib saylanganidan so‘ng kaolitsion hukumatni tashkil etishga kelishib olgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring