Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi

Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Islamov Miralisher Sadriddinovich Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

U faoliyati davomida Toshkent tibbiyot instituti 1-klinikasi bo‘lim boshlig‘i, ushbu klinikaning Xirurgiya bo‘limi bosh mutaxassisi, davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari, bosh shifokori, shuningdek, «AKFA Medline» MChJ da tibbiyot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, u Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ham faoliyat yuritgan.

Tibbiyot fanlari doktori Miralisher Islamov tayinlovdan avval Qurilish vazirligi bosh ekspertizasi, tibbiyot texnologiyasi bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring