Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda 7 oktyabrdan buyon 60 nafar jurnalist o‘ldirilgan

G‘azoda 7 oktyabrdan buyon 60 nafar jurnalist o‘ldirilgan

Isroilning G‘azo sektorini bombardimon qila boshlagan kun – 7-oktyabrdan beri 60 nafar jurnalist halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi.

Halok bo‘lgan OAV vakillarining 4 nafari ayollar ekani aytilmoqda.

Bayonotga ko‘ra, halok bo‘lgan jurnalistlarning ba’zilari SAXAL tomonidan uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida oilalari bilan birga vayronalar orasida qolib halok bo‘lishgan, ba’zilari esa bevosita Isroil armiyasining raketa hujumlariga uchrab o‘lim topishgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr kuni ertalab Xamas Isroilga qarshi Al-Aqso to‘foni operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgandi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Xamasning aytishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida o‘nlab qiruvchi samolyotlar yordamida XAMASga qarshi «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi, bu esa G‘azo aholisining qirg‘iniga aylanib ketdi. 27-oktyabr kuni Isroil G‘azoda quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshladi.

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari 40 kundan beri davom etmoqda. Ayni paytda Isroil hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni 12 ming kishidan oshib ketgan.

7-oktyabrdan beri Isroilning eksklavdagi hujumlari tufayli kamida 5000 bola va 3300 ayol qurbon bo‘lgan. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havo, quruqlik va dengizdagi ommaviy bombardimonlari hamda eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda.

O‘tgan oydan beri Isroilning qamaldagi eksklavga havo va quruqlik hujumlari natijasida minglab binolar, jumladan kasalxonalar, masjidlar va cherkovlar ham zarar ko‘rgan yoki butunlay vayron qilingan.

Isroil tomonining yo‘qotishlari 1200 nafarga yaqin ekani aytilmoqda.

BMT Bosh Assambleyasi zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Shu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyusiya uchun 120 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham ovoz berdi. Biroq Isroil bu hujjatni tan olmasligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring