G‘azo sektoridagi portlashda to‘rt nafar falastinlik vafot etdi

14-aprel kuni G‘azo sektorida ro‘y bergan portlash oqibatida to‘rt nafar falastinlik vafot etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, portlash Isroil harbiylari uyushtirgan hujum oqibatida kelib chiqqan. Ammo ayni paytda Isroil armiyasi buni tan olmayapti.
«Bugun Rafax shahrida Isroil harbiy havo kuchlari kichik yuk avtomobiliga raketa zarbasini bergach, to‘rt nafar falastinlik vafot etdi», — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf Kedr «RIA Novosti»ga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, vafot etganlarning jasadlari Rafax shahridagi shifoxonaga olib kelingan.
O‘z navbatida, Isroil armiyasi hozircha bu halokat yuzasidan hech qanday izoh bergani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter