Gaz va «svet» kompensatsiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi

Joriy yil 1-maydan O‘zbekiston bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumi (noyabr–fevral)da emas, har oyda to‘lab beriladi.
Ehtiyojmand oilalar uchun 1-iyundan boshlab ariza topshirish boshlandi.
Kompensatsiyalar ayrim toifalarga mansub oilalarga beriladi. Jumladan, Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestiriga kiritilgan oilalar – bunda oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan oylik daromad 669 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.
Shuningdek, ikki reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a’zoga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalar ham ushbu yordamdan foydalana oladi.
2024-2025 yilgi isitish mavsumi uchun umumiy kam ta’minlangan oilalarga 313,6 mlrd so‘m yordam berilgan bo‘lsa, endilikda bu tizim yanada kengaytirilib, 2025-yilda umumiy hisobda 1 trln 330 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya ajratilishi rejalashtirilgan.
Arizalar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalladagi ijtimoiy xodim va 1140 telefon raqami orqali qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter