Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz va elektr energiyasi eksporti to‘xtatildi — Sherzod Xo‘jayev

Gaz va elektr energiyasi eksporti to‘xtatildi — Sherzod Xo‘jayev

«Sanoat Energetika Guruhi» hamda Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi gaz qazib chiqarish va uni ichki bozorga yo‘naltirish bo‘yicha shartnomalarda ko‘rsatilgan majburiyatlarini to‘liq bajarmoqda. Shu bois ularni gaz yetishmovchiligiga aybdor sifatida ko‘rsata olmaymiz», — deya ta’kidladi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev.

Xo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, tez kunda cheklovlar masalasi 80 foizga hal etiladi:

«Buning uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi eksporti to‘xtatildi. Tashqi import 20 foizga oshirildi. Bugungi kundagi uzilishlar 8-10 soatlab tokni o‘chirishga sabab bo‘lolmaydi.

Qaysi hududlarda elektr energiyasidagi uzilishlar yarim yoki bir soatdan oshib ketayotgan bo‘lsa, buning sabablarini o‘rganamiz. Agar bunda inson omili mavjud bo‘lsa, mas’ullarga chora ko‘riladi», — deya qayd etdi vazir o‘rinbosari.

«O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, GTL kompaniyasidagi ishlab chiqarish 50 foizga kamaytirilib, qolgan gaz aholiga berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherzod Xo‘jayev elektr energiyasidagi uzilishlar sababini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring