Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilmaydi — vazirlik

Gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilmaydi — vazirlik

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqda «Namanganda gaz quyish shahobchalari faoliyati 2-3 kunga cheklanadi» mazmunida xabar e’lon qilindi. Holatga Energetika vazirligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu xabar sossiz bo‘lib, bugungi kunda nafaqat Namangan viloyatida, balki respublika bo‘yicha gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilishi ko‘zda tutilmagan. 

«Hozirda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlari yetarli bosimda tabiiy gaz ta’minotiga ega bo‘lganligi uchun gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatini to‘xtatishga ehtiyoj mavjud emas.

Avval xabar berilganidek, Farg‘ona vodiysidagi gaz shahobchalarining ishlash vaqti bosqichma-bosqich uzaytirilib, bugungi kunda 14-15 soatdan (soat 7:00dan 21:00gacha) faoliyat yuritmoqda va yaqin kunlarda ularning ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda», deyiladi vazirlik munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring