Gaz haqida maqol-parodiyalar: Gazing halol bo‘lsa ko‘chada yoq yoki gaz boyga boqar...

Xalqimiz ajoyibda, shunday sinovli kunlarda ham o‘zini ovutishga so‘z va mashg‘ulot topa oladi. Hech bo‘lmaganda topishmoq, matal to‘qiydi, tez aytish aytadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Janob kamina» niki ostidagi profil egasi «Gazga atab maqol to‘qiymiz, masalan «shoshilgan qiz, gazga yolchimas», degan post qo‘yilgach bir-biridan ajoyib maqollar to‘qildi, to‘g‘rirog‘i maqol-parodiyalar yozildi.
Kelgusida ajabmas, bu maqollar biz uchun sinovli bo‘lgan kunlardan faqatgina, faqatgina xotira bo‘lib qolsa.
Barno Shodmonbekova:
Yetti o‘lchasang ham, pulini to‘lasang ham, gaz yonmas
Gaz egiladi, bukiladi, lekin kelmaydi
Ma’mura Zohid Qizi:
Kel, kel desam, kelmaydi, yon, yon desam yonmaydi (topishmoq).
Bir gazim bor ajabgina,
Yoqardim tejabgina,
Kelsangiz bir ko‘rasiz,
Sovuqlarda qotasiz.
Nigora Qo‘chqorova:
Bor gazim, kel gazim, o‘rtada sarson xalqim
Bulbul chamanni sevar, biz esa gazni
Yulduzxon Hakimova:
Gazi borga qiz uzat
Shahnoza Ro‘zmatova:
Gaz bilan obod uying gar bo‘lsa u vayrona ham, gaz qadam qo‘ymas ekan vayronadir kashona ham.
Gulnar Osmanaliyeva:
Gazing halol bo‘lsa, ko‘chada yoq.
Gazdan kelsa issiqliq, turmush bo‘lar chiroylik.
Gazsiz uyim, sovuq oshim.
Nasiba Rajabova:
Gazi borning nozi bor
Shohista Sayfuddinova:
Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham gazi borlar gapirsin
Gulmira Salimova:
Gazim bor deb kerilma, gazsizlarga ko‘rinma
Iqbolxon Mamayusupova:
Gazi bor uyning fayzi bor
Nafisa Rajabova:
Bir nimasi bo‘lmasa gaz lipillamaydi
Nasiba Irmatova:
Chiroq ostonadan boshlanadi
Iroda To‘raboyevna:
Gazsiz uyim, tuzsiz oshim
Iroda Azimova:
Oltin olma, gaz ol
Gulnar Osmanaliyeva:
Gaz, gazni tagi rohat. ...
Saodat Yusupova:
Gazni faqat nomidan, o‘tinning cho‘g‘i afzal
Gulmira Salimova:
Gaz boyga boqar, suv soyga oqar
Nozima Tojibayeva:
Kerilma g‘oz, gazing nosoz yo judayam oz!
Irodaxon Eshpo‘latova:
Sovuq uy — zahri ilon
Baland gazga — jon qurbon
Ra’no Po‘latova:
Bir odamga ham gaz, ham chiroq kerak!
Sayyora Razzakova:
Laylak kelsa yoz bo‘lar
Bahor kelsa gaz bo‘lar
Onasini ko‘r, qizini ol,
Balonini ko‘r, gazini ol.
Gulmira Salimova:
Gazli uy bozor, gazsiz uy mozor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter