«Garri Potter» muallifi milliarderlar ro‘yxatiga qaytdi

59 yoshli angliyalik yozuvchi Joan Rouling milliarderlar ro‘yxatiga qaytdi.
«Garri Potter haqidagi kitoblar uni nafaqasi hisobiga yashaydigan yolg‘iz onadan o‘n baravar boylikka ega muallifga aylantirgan, biroq xayriya tashabbuslari uni milliarderlar reytingidan chiqarib yuborgan edi», – deyiladi Forbes nashrida.
Endi yangi kitoblar, filmlar va bir nechta mavzuli parklar tufayli u dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatiga qaytgan. Yozuvchining boyligi 1,2 milliard dollarga baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter