Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Garovdagi «Tesla» auksionga chiqariladi

Garovdagi «Tesla» auksionga chiqariladi

Sudning «O‘zsanoatqurilishbank» ATB foydasiga «K.T.H» MChJning 483 million so‘m kredit qarzini garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi MIBning Jizzax shahar bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida jamiyatga tegishli, garov mulki hisoblangan «Tesla» avtomashinasi qarzdorlik evaziga xatlanadi. Mavjud qarzdorliklari qoplanmagan taqdirda ushbu transport vositasi elektron onlayn savdolarida sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorliklari qoplanadi.

«Jamiyat olgan krediti muntazam to‘lab borganida, ushbu avtomashina xatlanmagan va bunday ortiqcha harakatlar qilinmagan bo‘lar edi», deyiladi MIB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring