Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Garovdagi «Mers» egasini «topdi»

Garovdagi «Mers» egasini «topdi»

Mazkur qimmatbaho «Mersedes Bens» rusumli avtotransport vositasi bir mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli edi. Jamiyat uni garovga qo‘yib, «Poytaxtbank»dan kredit olgan, biroq qarzni qaytarishga kelganda  turli muammoga yo‘liqqandi. Biroq  bank qarab turarmidi - qachon puling bo‘lsa, qaytararsan, deb?! O‘rtadagi shartnomadan kelib chiqib, sudga murojaat qildi. Sud esa da’voni qanoatlantirib, qarzdor tomondan «Poytaxtbank» foydasiga 358 mln. 897 ming 850 so‘m undirishni belgilandi.

Bu - ishning yarmi. Asosiysi  oldinda turibdi: sud qarori ijrosi osonmidi?!

Ijro ishi MIBning Yakkasaroy tuman bo‘limiga tushgach, garovdagi mulk - «Mersedes Bens»  rusumli avtotransport vositasi xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Biroq xozirgi karatin sharoitida onlayn savdoda ishtirok etish hammaning ham ko‘ngliga sig‘adi, deysizmi?! Biroq hayot davom etar ekan, ish bilgichlar har qanday sharoitdan imkon topish payida bo‘larkan-da. «Mers»ga ham ko‘p o‘tmay xaridor chiqdi va u 376 mln. 389 ming 125 so‘mga sotilib, undiruvchi «Poytaxtbank» hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Bundan tomonlar xursand: bank puli unganidan, MIBchilar esa bitta ijro hujjati «yopilgani»dan....

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring