G‘arbiy Yevropada 1,4 mln yil avval yashagan odam qoldiqlari topildi

Ispaniyalik olimlar olamshumul kashfiyot qilishdi: mamlakat shimolidagi Atpuerka tog‘ida joylashgan Sima del Elefante g‘orida 1,4 mln yil avval yashagan odamning yuz suyaklari (chap yuz va yuqori jag‘) bo‘laklari topildi. Qadimgi odam «Pink» deb nomlandi.

Shu paytgacha bu o‘lkaga insonning ilk qadami taxminan 800 ming yil oldin yetgan deb hisoblab kelingan. Yangi kashfiyot tarixni yana 600 ming yilga uzaytirmoqda.
«Pink» Homo affinis erectus — qaddini tik tutib yuruvchi qadimgi odamlarga qarindoshligi taxmin qilinmoqda. Olimlarning fikricha, «Pink» hammayoq o‘rmon, o‘tloq va daryolardan iborat issiq davrlarda yashagan.
Topilma hatto mutaxassislarni ham hayron qoldirdi. Ularni suyaklarni solishtirib, «Pink» o‘zidan keyingi davrda yashagan odamlarga o‘xshamasligini aniqlashdi. Bu Yevropada qadimgi odamlarning turli guruhlari yashaganidan dalolat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas