Gaitida 14 ta bola alanga ichida qolib ketdi
Gaitida bolalar uyida sodir bo‘lgan yong‘inda 14 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «Haiti Libre» internet-portal.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in payshanba kuni kechasi cherkov qoshidagi bolalar uyida kelib chiqqan. Ijtimoiy farovonlik va tadqiqot instituti bosh direktori Ariel Vildruanning so‘zlariga ko‘ra, fojia yuz bergan bolalar uyi faoliyat ko‘rsatish uchun ruxsatga ega bo‘lmagan.
Portalning yozishicha, yong‘in baxtsiz hodisa tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter