Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GAI»ga pora berish haydovchiga qimmatga tushdi

«GAI»ga pora berish haydovchiga qimmatga tushdi

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati, Peshko‘ tumanilik fuqaro YPX inspektoriga 1 million 500 ming so‘m pora bergan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Peshko‘ tumanining Afshona qishlog‘ida yashovchi 40 yoshli O.A. haydovchilik guvohnomasisiz avtomashina boshqarib, yo‘l harakati qoidasini buzgan.  Ushbu qoidabuzarlik holati yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga O.A. YPX inspektoriga pora taklif qilgan.

YPX inspektori fuqaroning taklifini rad etishiga qaramasdan, O.A. jarima maydonchasida avtomashinasi «yotib» qolmasligi uchun inspektorni qistovga olgan. Inspektor esa belgilangan tartibda holat yuzasidan boshqarma boshlig‘iga xabar bergan. 

Oradan ko‘p o‘tmay, tuman IIB YHXB ma’muriy binosi oldidagi jarima maydonchasida fuqaro O.A. inspektorga 1 million 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 211-moddasi (Pora berish)1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring