Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV vodiydagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatlari haqida ma’lumot berdi

FVV vodiydagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Joriy yilning 20-iyul kuni Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik yuzaga keldi.

Natijada Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Andijon tumanlari, Namangan viloyatining Namangan shahri, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Davlatobod va Uychi tumanlarida joylashgan  aholi xonadonlarining tomorqalari va hovlilariga suv kirishi holatlari kuzatildi.

Voqea joyiga Andijon va Namangan viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari shuningdek, viloyat hokimliklari, IIB, MG rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda FVDT xizmatlari kuch-vositalari jalb etilib, suv oqimi oqibatlarini bartaraf etish hamda aholi tomorqalaridan suvni chiqarish ishlari olib borilgani aytilmoqda.

Kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida aholi yashash uylariga zarar yetmagan va jabrlanganlar yo‘q, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring