FVV sel xavfidan ogohlantirmoqda
Ma’lum qilinishicha, 11-13-mart kunlari yurtimizning turli hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining xabarida shunday deyiladi:
«O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarida 2018-yilning 11-mart kunidan 13-mart kunigacha sel kelish xavfi mavjud.
Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda FVVning (+99871) 147-10-50 «Tezkor raqam»iga murojaat qilishingizni so‘raymiz».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter