FVV sel kelish xavfidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi shu yilning 18-mayidan 22-mayiga qadar yurtimizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi borligini xabar qildi.
Shu bois ehtiyot choralarini ko‘rish, avariya va boshqa noxush holatlarda FVVning tezkor raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi.
Telefon: (+99871) 147-10-50
Elatib o‘tamiz, shu yilning 16-may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sel oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi. Shuningdek, 14-may kuni Kitob tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida «Jillisuv» aholi punktida 4 ta xo‘jalikni suv bosgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter