FVV qutqaruvchilari qizchani noxush holatdan asrashdi (foto)
Kecha, 9 fevral kuni soat 19:56 da Republika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazidan chaqiruv bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 2022 yilda tug‘ilgan bolajonning ko‘rsatkich barmog‘i temir jismga kirib qolganligi va unga yordam kerakligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, bolajonning barmog‘idagi temir jism maxsus asbob-anjomlar yordamida ehtiyotkorlik bilan olib tashlangan.
Qizaloq sog‘-salomat onasiga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter