Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV «Qamchiq» dovonida kutilayotgan noxush ob-havodan ogohlantirdi

FVV «Qamchiq» dovonida kutilayotgan noxush ob-havodan ogohlantirdi

Foto: FVV

2019-yil 29-30-dekabr kunlari A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50-100 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 15-20 m.gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi FVV.

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratish so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring