Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV bahorning ilk kunlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishidan ogohlantirdi

FVV bahorning ilk kunlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishidan ogohlantirdi

Foto: «Fvv.uz»

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2018-yilning 1—2-mart kunlari mamlakat bo‘ylab kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida xabar berildi.

Xabarda yozilishicha, 1-mart kuni respublika hududida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, joylarda shamol sekundiga 17-22 metr tezlikda esib, ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Shu bois FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

1-mart kuni havo harorati kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 2-mart kuni kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, 1—2-mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring