FVB xodimlari falajlangan fuqaroni qutqarib qoldilar

FVV xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida inson hayotini saqlab qoldi.
Kecha, soat 21:09 da, Nukus shahar 23 kichik tumanida joylashgan xonadonlarning birida yolg‘iz yashovchi fuqaro eshigini ochmayotganligidan havotirlangan uning yaqin qarindoshi Qoraqalpog‘iston FVBga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Xabarga ko‘ra, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, xonadon eshigi ochib berilganda yolg‘iz yashovchi fuqaro qon bosimi ko‘tarilib ketganligi natijasida uning qo‘l va oyoqlari ishlamayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Dastlab, qutqaruvchilar tomonidan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilgan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter