Futbolchining joni saqlab qolindi
Kecha, 1-fevral kuni Italiya «V» seriyasining 22-turidan o‘rin olgan «Lechche» - «Askoli» uchrashuvida noxush hodisa ro‘y berdi.
O‘yinda «Askoli» jamoasi hujumchisi Jakomo Beretta havodagi kurashda «Lechche» yarim himoyachisi Manuel Skavonening boshiga kuchli zarba berib yubordi. Skavone zarbadan hushini yo‘qotdi. Shifokorlarning zudlik bilan ko‘rsatgan yordami tufayli uning hayoti saqlab qolindi.
Shundan so‘ng futbolchi shifioxonaga olib borilgan va uning ahvoli yaxshilangan.
Ushbu ko‘ngilsiz hodisadan so‘ng jamoalar hakamdan o‘yinni davom ettirmaslikni so‘rashgan va bahs boshqa kunga qoldirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter