Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiya argentinalik futbolchini otib qo‘ydi

Politsiya argentinalik futbolchini otib qo‘ydi

Argentinaning «Barrakas Sentral» futbol klubi 17 yoshli futbolchisi Lukas Gonsales politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Marca gazetasiga ko‘ra, futbolchi o‘z do‘stlari bilan ketayotganda politsiya ularga qarata o‘t ochgan. Politsiya rasmiy ma’lumotiga ko‘ra esa to‘xtash buyrug‘iga bo‘ysunmay, Gonsales politsiya mashinasini turtib o‘tib ketgan. Ammo klub rahbariyati ushbu talqinni rad etyapti.

«Menga xabar berishlaricha, ichida 4 ta politsiyachi bo‘lgan mashina ularni to‘xtatgan. Bolalar ularga hujum qilmoqchi bo‘lganliklarini aytishgan. Ular tezlikni oshirgan va yo‘lda politsiya o‘g‘limni otib o‘ldirgan», degan Gonsalesning onasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring