Kuperning birinchi mashg‘uloti — futbolchilar muz to‘la basseynda chiniqtirildi
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan Toshkentda yig‘in boshladi.
Yig‘inga jalb qilingan futbolchilar poytaxtimizdagi «Jar» stadionida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazgan. Dastavval, Kuper futbolchilar bilan birma-bir tanishgach, mashg‘ulotlarga start berildi.
Mashg‘ulot davomida Ektor Kuperga uning yordamchilari Xose Karlos Fantagutssi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam berishdi.
Avvaliga futbolchilar yengil chigalyozdi mashqlarini olib borishgan. Keyin futbolchilar pozitsiyalariga ko‘ra guruhlarga bo‘lingan. Har bir guruh bilan alohida mashq o‘tkazildi.
Darvozabonlar bilan «Nasaf»dan chaqirilgan murabbiy Denis Ivankov ishladi. Keyin futbolchilar maydonning yarmida ikkiga bo‘lingan holda futbol o‘ynashdi.
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarda aytilishicha, mashg‘ulotdan keyin futbolchilar muz to‘ldirilgan basseynga tushib, tiklanish mashqlarini davom ettirishdi.
Mashg‘ulotlar quvnoq kayfiyatda o‘tganini, futbolchilar yangi murabbiy ko‘z o‘ngida astoyidil mehnat qilishganini ham alohida ta’kidlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter