«Suares ishi»: soxta imtihon va universitet rektorining iste’fosi
«Futbolchi Suares ishi»ga aralashib qolgan Peruja xorijiy universiteti rektori Juliana Grego Bolli iste’foga chiqqani haqida Italiya OAVlariga asoslanib «REGNUM» xabar bermoqda.
Tergov munosabati bilan xizmat vakolatlari cheklab qo‘yilgan rektor endi iste’foga chiqishga qaror qilgan.
«Barselona» sobiq futbolchisi Luis Suares 2020-yilning sentyabrida italyan tili bo‘yicha Peruja universitetida imtihondan o‘tgan. Urugvaylik futbolchining maqsadi «Yuventus» tarkibiga legioner emas, balki YeI mamlakatlaridan birining fuqarosi sifatida qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Italiya fuqaroligini olish edi.
Huquqni muhofaza qilish organlari to‘plagan ma’lumotga ko‘ra, muvaffaqiyatli topshirilgan imtihon natijasi oldindan hal etib qo‘yilgan. Ushbu qonunbuzarlikka «Yuventus» bilan hamkorlik qiluvchi yuristlar daxldorlikda gumon qilinyapti.
Eslatib o‘tamiz, hozir Luis Suaris «Atletiko» Madrid tarkibida to‘p suryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter