Futbolchi Xose Antonio Reyes avtohalokat tufayli vafot etdi
Ispaniya milliy terma jamoasi, «Arsenal», «Real», «Sevilya»ning hujumkor yarim himoyachisi sifatida o‘ynagan Xose Antonio Reyes avtohalokat oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Sevilya» jamoasi tarqatgan ma’lumotga asoslanib «Sports.ru» xabar berdi.
Futbolchi 35 yoshni qarshilagan edi.
Reyes 10 yasharligida «Sevilya»ga kelgan, 16 yoshida jamoa safida debyut qilgan. 2004-yilda «Arsenal» safiga qo‘shilgan, o‘sha mavsum jamoa Angliyada chempion bo‘lib bilan birga, mag‘lubiyatsiz yurish ham qilgan edi.
Ispaniya termasi safida 21 o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter