Futbol tarixidagi eng yomon transferlar — Goal talqini
Nufuzli Goal nashri futbol tarixidagi eng yomon transferlarni e’lon qildi.
Felipe Koutinoning 2018-yil yanvarida «Liverpul»dan «Barselona»ga 120 mln yevro + 40 mln yevro bonus evaziga o‘tishi «eng muvaffaqiyatsiz transfer», deb topildi.
Koutino katalon klubi asosiy tarkibiga kira olmadi, yarim yildan so‘ng «Bavariya»ga ijaraga berib yuborildi. Biroq myunxenliklar hamkorlik yakunida bu futbolchiga egalik huquqini sotib olishdan bosh tortishdi.
«Barselona»ga qaytgan braziliyalik futbolchi yana zaxirada o‘tirib qoldi, qolaversa, bot-bot jarohat olishi ham maydonga tushishiga xalaqit berdi.
2022-yil yanvarida «Barselona» Koutinoni ijara huquqi asosida «Aston Villa»ga jo‘natdi, o‘sha yilning may oyida ingliz jamoasi uni to‘liq sotib olib, «Barselona»ni «boshog‘riq»dan qutqardi.
Goal tuzgan eng yomon transferlar ro‘yxati yetakchi beshligiga, Koutinodan tashqari, «Barselona»ning yana ikki futbolchisi kiritildi:
- Birinchi o‘rin: Felipe Koutino (2018-yilda «Liverpul»dan «Barselona»ga o‘tgan — transfer qiymati 120 mln yevro + 40 mln yevro bonus);
- Ikkinchi o‘rin: Antuan Grizmann (2019-yilda «Atletiko»dan «Barselona»ga o‘tgan — 120 mln yevro);
- Uchinchi o‘rin: Joau Felish (2019-yilda «Benfika»dan «Atletiko» Madridga o‘tgan — 126 mln yevro);
- To‘rtinchi o‘rin: Usmon Dembele (2017-yilda «Borussiya» Dortmunddan «Barselona»ga o‘tgan — 105 mln yevro);
- Beshinchi o‘rin: Pol Pogba (2016-yilda «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan — 89,5 mln funt sterling).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter