Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxsni aniqlash uchun IIBga olib borish amaliyoti bekor qilinadi

Shaxsni aniqlash uchun IIBga olib borish amaliyoti bekor qilinadi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (399-son, 22.07.2022-y.) bilan Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan «Ye-patrul» tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.

Barcha ma’lumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati «bodikamera»ga tasvirga olinadi.

Nizomga ko‘ra, xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki «Ye-patrul» tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:

- shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos bo‘lsa;
- shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lsa;
- shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar bo‘lsa.

Xodim shaxsni to‘xtatganda uni to‘xtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart.

Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:

- uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmaganda;
- qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlanganda;
- shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatganda;
- jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring