Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolarning kreditini o‘zlashtirib olgan firma rahbari fosh bo‘ldi

Fuqarolarning kreditini o‘zlashtirib olgan firma rahbari fosh bo‘ldi

Foto: «Kurieronline.ru»

2020-yil may oyida Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan MChJ rahbari 25 yoshli Q.Yulduz o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida fuqarolar H.Mavluda, R.Qunduz, N.Dilyayralarga tikuv mashinasi va gazlama olib berishni va’da qilib, ularning nomiga olingan jami 120 000 000 so‘m kredit mablag‘larini o‘ziga tegishli MChJ hisob raqamiga ko‘chirtirib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Q.Yulduzga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring