Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolar uchun raqamli pasport joriy etiladi

Fuqarolar uchun raqamli pasport joriy etiladi

«Fuqarolarning raqamli pasporti» loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor bo‘ladi.

2022 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, iyul oyiga qadar shu haqdagi hujjat loyihasi ishlab chiqilishi kerak. Bu orqali haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi, diplom olganlik kabi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishning yagona elektron tizimi yaratiladi.

Bunda yagona elektron tizimni ishga tushirish va tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish rejalashtirilyapti. Davlat xizmatlaridan identifikatsiya ID karta orqali foydalanilganda boshqa hujjatlarni talab qilmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring