Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FSB Qrim ko‘prigidagi portlash tafsilotlarini oshkor qildi

FSB Qrim ko‘prigidagi portlash tafsilotlarini oshkor qildi

Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tgan ko‘prikda sodir etilgan terakt bo‘yicha jinoiy ish doirasida sakkiz kishi hibsga olindi. Ulardan besh nafari Rossiya, uch nafari Ukraina va Armaniston fuqarolari. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchisi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov va uning agentlari bo‘lgan. Portlovchi moslamaning umumiy og‘irligi 22 770 kilogramm bo‘lib, 22 ta taglikka qurilish polietilen plyonkasi bilan rulonlarda kamuflyaj qilingan», deya yozilgan FSB hujjatida.

FSB ma’lumotlariga ko‘ra, Qrim ko‘prigida terakt tayyorlashda ishtirok etganlik uchun sakkiz kishi hibsga olindi: bular besh nafari Rossiya, uch nafari Ukraina va Armaniston fuqarolari. Hozirgacha jinoyatni uyushtirishda jami 12 nafar sheriklar aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi moslama o‘rnatilgan avtomobil avgust oyi boshida shartnoma bo‘yicha Odessa dengiz portidan Bolgariya Ruse shahriga jo‘natilgan. Keyin yuk Bolgariyadan Gruziyaning Poti portiga, u yerdan Armanistonga olib borilgan.

Shundan so‘ng, 4 oktabr kuni Gruziyada ro‘yxatdan o‘tgan «DAF» yuk mashinasida yuk «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktidan Rossiya-Gruziya chegarasini kesib o‘tgan. Lekin FSB yuk Armanistondan Gruziyaga aynan qanday yetib kelganini oshkor etmayapti. 6 oktyabr kuni u Armavirning (Krasnodar o‘lkasi) ulgurji bazasiga kelgan. U yerdan 7 oktabr kuni Ukraina fuqarolari Roman Solomko va Vladimir Zlob hamda shaxsi aniqlangan yana besh nafar rossiyalik ishtirokida yuk hujjatlari yana o‘zgartirgan.

Endigi jo‘natuvchi «TEK-34» MChJ (Ulyanovsk), oluvchi esa Qrimda mavjud bo‘lmagan kompaniya hisoblangan. 8 oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 06:03 da yuk mashinasi Qrim ko‘prigi bo‘ylab ketayotganida portlash sodir bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring