Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Freelance Day» doirasida ikkinchi master klass bo‘lib o‘tdi

«Freelance Day» doirasida ikkinchi master klass bo‘lib o‘tdi

Yoshlarni IT ta’limga keng jalb etish, shaxsiy rivojlanishlari, malakali mutaxassislardan foydali bilim va ko‘nikmalarni olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida «Digital City» texnoparki tomonidan amalga oshirilayotgan «Freelance day» loyihasi doirasida 2-master klass bo‘lib o‘tdi. Dastlab, «Digital City» akademiyasi menedjeri tashrif buyuruvchilarga «Freelance day» loyihasi, «Digital City» va uning qoshidagi IT-akademiyasi haqida taqdimotini namoyish etdi.

Shundan so‘ng asosiy spiker Daniyadagi «Odense technical school»da «Multimedia Dizayn» yo‘nalishida tahsil olgan, 5 yil davomida «SAE INSTITUTE DUBAI» o‘quv dargohida marketing sohasida faoliyat yuritgan, 22 yillik ish tajribasiga ega mohir dizayner Jaloliddin Karabayev taklif etildi. Dizayner «Digital City»dagi faoliyati, grafika dizayni, SSM va marketing, brending, kelajak kasblari, virtual mahsulot narxlari, biznes va aloqa yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, mehmon spiker sifatida taklif etilgan ingliz tili o‘qituvchisi Iskandar Sattibayev yoshlarga dangasalikka qarshi kurashish, xotirani mustahkamlash va sohaning ustasi bo‘lish mavzusidagi suhbati ham tinglovchilar uchun foydali bo‘lgani e’tirof etildi. Iskandar Sattibayev Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida tahsil olgan, 8.5 IELTS xalqaro sertifikatiga ega, 15 yillik ish tajribasi, 6 dan ortiq kitoblar muallifi, 3000 dan ziyod shogird chiqargan andijonlik ingliz tili o‘qituvchisi hisoblanadi.

Taasurotlarga boy o‘tgan master-klass so‘ngidagi qiziqarli savol-javoblarda savollarga faol qatnashgan ikki ishtirokchiga «Digital City» akademiyasida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida imtiyozli o‘qish uchun 600 000 (olti yuz ming) so‘mlik vaucherlar taqdim etildi. Master-klassda 60 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring