Fransiyaning muhim futbolchisi koronavirusga chalindi
Fransiya terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Yunayted» futbol klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning koronavirusga topshirgan test natijasi musbat chiqdi. Bu haqda Fransiya milliy terma jamoasi murabbiyi Dide Deshamning so‘zlariga tayanib «L’Equipe» xabar berdi.
Shvetsiya bilan Xorvatiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada uning o‘rniga «Renn» xavbeki Eduardo Kamavinga maydonga tushgandi.
Shuningdek, «Tottenxem» yarim himoyachisi Tangi Ndombele ham koronavirusni yuqtirib olgan. U ham milliy terma jamoaga chaqirilmagan.
Fransiya terma jamoasi sentyabrning boshlarida Millatlar ligasining guruh bosqichida ikkita o‘yin o‘tkazadi. 5 -sentyabr kuni fransuzlar mehmonda Shvetsiya jamoasi bilan uchrashsa, 8-sentyabr kuni xorvatlarga mezbonlik qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter