Fransiyada millioner Tapi va rafiqasini kaltaklab ketishdi
Fransiyalik millioner, siyosatchi, jamoat arbobi Bernard Tapi va uning rafiqasini 4-aprelga o‘tar kechasi o‘z uylarida kaltaklab, bog‘lab ketishdi, deya xabar berdi BFMTV.
Hodisa Parijning Komb-la-Vil kommunasida Tapining uyida sodir bo‘lgan. OAV xabar berishicha, bosqinchilar o‘g‘irlik maqsadida ularning uyiga kirishganda er-xotin uxlayotgan bo‘lishgan.
Noma’lum kimsalar tadbirkor va uning rafiqasini kaltaklab, bog‘lashgan va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular to‘rt kishi bo‘lgan.
Politsiya va qutqaruvchilarga ularning qo‘shnilari xabar berishgan. Qayd etilishicha, biznesmenning rafiqasi yengil tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. O‘zi esa shifoxonaga borishdan bosh tortgan.
Versal sud politsiyasi tergov harakatlarini boshlab yubordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter