Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada komendantlik soati yil yakuniga qadar cho‘zilish xavfi bor

Fransiyada komendantlik soati yil yakuniga qadar cho‘zilish xavfi bor

Foto: «RIA Novosti»

Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks brifingda mamlakatdagi yana 38 ta departament va dengiz orti hududlarida komendantlik soati joriy etilishini e’lon qildi.

«Epidemiyaning avj olishi 38 ta yangi departament va dengiz orti hududlarida ham komendantlik soatini joriy etishga majbur qildi», — deya ta’kidladi Kasteks.

Komendantlik soati ushbu hududlarda 23-oktyabrdan, ya’ni erangi kundan soat 21:00 dan 06:00 gacha amalda bo‘ladi.

COVID-19 epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi bilan Parij hududi, Lill, Grenobl, Lion, Marsel, Ruan, Sent-Eten, Monpele, Tuluza (ularning hammasi koronavirus xavfi yuqori bo‘lgan hududlarga kiradi) kabi shaharlarda komendantlik soati joriy etildi. Soat 21:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish taqiqlanadi. Faqat ayrim istisnolar ko‘zda tutilgan.

Komendantlik soati tartibi kamida bir oy davom etishi taxmin qilinmoqda. Hukumat ushbu chora-tadbirlar noyobrning oxirigacha davom etishi mumkinligini yashirib o‘tirmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring