Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tdi
Fransiya sobiq prezidenti, 67 yoshli Fransua Olland birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tdi. Rafiqasi — 50 yoshli aktrisa Jyuli Gaye bilan sakkiz yildan beri yaqin munosabatlarda.
Nikoh marosimi Olland uzoq yillar mer lavozimida ishlagan Tyul shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «France Info» radiostansiyasi.
Fransua Olland 2012—2017-yillarda, Emmanuel Makrondan avval, Fransiya prezidenti bo‘lgan.
Ollandning aktrisa Gaye bilan munosabatalari ommaga oshkor bo‘lgach, 2014-yilda jurnalist Valeri Triyerveyler bilan orasi uzilgan. Yana bir norasmiy nikohi — partiyadoshi (Sotsialistlar partiyasi) Segolen Ruayal bilan Olland to‘rt farzandni dunyoga keltirishgan. Gayening esa 2006-yilgacha bo‘lgan sobiq turmushidan ikkita bolasi bor.
Jyuli Gaye 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter