«France Football» yilning eng serdaromad futbolchi va murabbiylarini e’lon qildi
«France Football» nashri ushbu mavsumda eng ko‘p daromad olgan futbolchi va murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
«L’Equipe» nashrida keltirilgan ro‘yxatga ko‘ra, ayni mavsumda eng ko‘p daromad olgan futbolchi — «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bo‘lib turibdi. Uning 2017/18 yilgi mavsumda olgan daromadi 126 mln. yevroga teng. Bu — mutlaq rekord natijadir.
Messidan keyingi o‘rinni «Real» futbolchisi Krishtianu Ronaldu 94 mln. yevro daromad bilan egallagan. «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar esa ushbu mavsumda «bor-yo‘g‘i» 81,5 mln yevro miqdorida pul ishlab topgan.
Eng ko‘p daromad oluvchi murabbiylar ro‘yxatini «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu boshqarmoqda — u ushbu mavsumda 26 mln. yevro topgan. Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi esa 23 mln. daromad bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi hamda to‘rtinchi o‘rinlar Ispaniyaga ketdi — «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone (€ 22 mln) va «Real» ustozi Zinedin Zidan ushbu o‘rinlarga loyiq topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter