«Foydasi yo‘qmikan, deb o‘ylab qolaman». Italiya bosh vaziri Putin bilan telefon suhbatlari haqida
Italiya bosh vaziri Mario Dragi «Corriere della Sera»ga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefondagi muloqotlarni «befoyda», deb hisoblay boshlaganini aytdi. Dragi Putin bilan 30-mart kuni o‘tkazgan muzokaralarining ayrim tafsilotlarini ochiqladi.
Dragining aytishicha, so‘nggi marotaba 30-mart kuni telefonda suhbat qurishganida u Putindan qachon Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan nizoni bartaraf etish yuzasidan uchrashishini so‘ragan. Savolga Putin «Hali vaqtli», deya javob bergan.
Men qat’iy turib oldim: «O‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olasizlarmi», deb so‘radim. Yana o‘sha javob: «Hali vaqti kelmadi».
Italiya bosh vaziri yakunda Putin bilan bir necha kundan keyin telefonlashishga kelishib olgan. Bu o‘rtada Ukrainaning Bucha shahrida ko‘p sonli tinch aholi vakillari rossiyalik harbiylar tomonidan qirg‘in qilingani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
«U bilan gaplashgandan foyda yo‘q, vaqtni bekor ketkazganing qoladi, deguvchilar haqmikan, deb o‘ylay boshlayman. Men doim Makron (Fransiya prezidenti)ni himoya qilib kelganman, Yevropa ittifoqining Kengashi raisi sifatida ham uning dialogni davom ettirish uchun imkoniyatlar qidirayotganini hurmat qilaman. Biroq urush qirg‘inlari dahshatlari, ular ayollar va bolalar bilan sodir etgan qilmishlar..., nazarimda, muloqotlar, telefon qo‘ng‘iroqlari zig‘ircha ham foyda bergan emas», — dedi Italiya bosh vaziri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter